«denovdagi portlash» tegli maqolalar


8 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
8 yanvar 2022, 22:00

8 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident tashrifi chog‘ida o‘rnatilgan cheklovlarga bo‘ysunmasdan Malibu`ga qarshi o‘qotar qurol ishlatilgani, narxi azonlashgan AI-80 benzini, O‘zbekistonda «omikron» aniqlanmaganini aytgan Nurmat Otabekov, Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi, Qozog‘istondagi vaziyatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 8 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi e’lon qilindi
8 yanvar 2022, 16:33

Denovdagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

Hukumat komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Denov shahridagi «savdo majmuasidagi chaqnashda portlovchi moddalar qo‘llanilmagan». Majmua ostidan o‘tgan, biroq, foydalanishda bo‘lmagan quvurning 6 ta joyidan sizib chiqqan gaz bino ichida to‘plangan va portlash yuzaga kelgan. Voqeadan bir kun oldin shahar gaz ta’minoti bo‘limi ushbu uzilmay qolgan gaz quvuri liniyasini tarmoqqa ulagani aytilmoqda.

Denovdagi portlashda 226 ta ko‘chmas mulkka 22,6 mlrd so‘mlik zarar yetgan — FVV
8 yanvar 2022, 14:38

Denovdagi portlashda 226 ta ko‘chmas mulkka 22,6 mlrd so‘mlik zarar yetgan — FVV

FVV Denovdagi savdo majmuasida yuz bergan portlash oqibatida jami 226 ta ko‘chmas mulkka 22,6 mlrd so‘mlik zarar yetganini ma’lum qildi. Talofat ko‘rgan binolarning 25 tasi yaroqsiz deb topilgan, shundan 13 ta xonadon egalari boshqa joyga ko‘chirilib, uylari ta’mirlab berilmoqda.

Denovdagi bo‘lgan noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerak — prezident
14 dekabr 2021, 22:39

Denovdagi bo‘lgan noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerak — prezident

Prezident yaqinda Denovda ro‘y bergan portlash tafsilotlarini televideniye orqali batafsil ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. «Yashiradigan O‘zbekiston emas hozir», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning qo‘shimcha qilishicha, bundan buyon viloyatlar hokimlari shu singari holatlarning oldini olish uchun javobgarlikni shaxsan o‘z zimmasiga oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting